CHEII “Toshkent vino” AJ ishga qabul qilinadigan rahbar-xodimlarga qo‘yiladigan talablar
Jamiyat ijro apparatidagi bo‘lim boshlig‘i, bosh va yetakchi mutaxassis lavozimlariga – soha bo‘yicha kamida 3-5 yil, bosh boshqarma, boshqarma boshliqlari lavozimlariga – soha bo‘yicha kamida 5-7 yil ish stajiga ega, oliy ma’lumotli (bakalavr yoki magistr darajali) nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi.
Jamiyat tizimidagi korxonalar rahbarlari lavozimlariga soha bo‘yicha kamida 8-10 yil ish stajiga ega, oliy ma’lumotli (bakalavr va magistr darajali) nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi.
Bunda tavsiya etilayotgan nomzodni lavozimga tayinlash, boshqa ishga o‘tkazish zarurligi asoslangan taqdimnoma taqdim etiladi. Ushbu taqdimnomaga nomzodning obyektivkasi, pasport nusxasi, shaxsiy varaqa (so‘rovnoma-shakl asosida), tarjimai holi, diplom (diplomlar) nusxasi, rahbar imzolagan 3 yillik mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi, tavsifnoma, jamoatchilik fikri bayon etilgan kamida uchta fikrnoma, 3×4 sm hajmdagi 2 dona, 9×12 sm hajmdagi 2 dona rangli (orqa foni oq) rasm ilova etiladi.
Jamiyat bosh direktor nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari Kadrlar bo‘limiga tanlov Komissiyasida ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinadi.
Jamiyat tizimidagi lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodga rasmiylashtirilgan tavsifnoma va fikrnomalarda ularning ijobiy tomonlari (kasbiy, ishchanlik va insoniylik fazilatlari, bilimi, tajribasi, kirishimliligi, jamoa bilan hamjihatlikda ishlay olishi) bilan bir qatorda, kamchiliklari ham qayd etiladi.
Tavsiya etilayotgan nomzodlarni o‘rganib chiqishda, birinchi navbatda ularning maxsus ma’lumotga va sohada amaliy tajribaga ega ekanligi, umumiy dunyoqarashi va madaniyati, siyosiy va ma’naviy saviyasi, ahloqiy jihatlari, yangicha fikrlash, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, tashkilotchilik, davlat va chet tillarini bilish, kompyuterda ishlay olish qobiliyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kadrlarni ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktabrdagi 795-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatori” hamda tanlov Komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi.