CHEII “Toshkentvino kombinati” AJ tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan foyda olishdir.
Jamiyat faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari):
spirtli ichimlikalarni ishlab chiqarish, sotish va eksport qilish.
Jamiyat o‘zining yuqoridagi asosiy yunalishlarini bajarish bilan birgalikda qo‘yidagi faoliyatlar bilan qo‘shimcha ravishda shug‘ullanadi:
yaxna ichimliklar ishlab chiqarish va sotish;
xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish va sotish;
farmatsevtik, parfyumeriya kosmetika buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va sotish;
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni (ishlar, xizmatlarni) o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va sotish;
investitsiya, tashqi iqtisodiy, ilmiy proyektlash, vositachilik, qurilish montaj ishlari, servis xizmati ko‘rsatish;
yangi texnologiyalarni, NOU-XOUlarni ishlab chiqish, joriy etish;
xorijiy mamlakatlarda savdo uylarini ochish;
tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport va import operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda amalga oshirish;
aholi va korxonalarga transport xizmatlarini ko‘rsatish;
transport vositalarini, bino-inshootlarni ijaraga berish;
xalqaro va maxalliy yo‘nalish bo‘yicha hamda shaharlararo yuk tashish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish, konservatsiya qilish, ulgurji va chakana savdo qilish;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanish.